avatar
Куч
0.10
Рейтинг
+0.04

Мақолалар

"Менинг бобом, бувим-махалламиз фахри"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom, buvim, — mahallamiz fahri”.
Reja:
1. Qariyalar-xonadonlarimizning fayzi va farishtasi.
2. Ulug` insonlar xotirasi-muqaddas qadriyat.
3. 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili”
4. Qariyalarga hurmat va ehtirom ko`rsatish ham qarz, ham farzdir.
                                    Qarisi bor uyning parisi bor.
                                        (O`zbek xalq maqoli)
Qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxonlar bo`lsa, shu xonadonda fayz-u baraka, farovonlik va ahillik bo`ladi. Albatta, inson keksalarning duosi bilan ko`karadi. Saodatga erishish, baxtli yashash va yomonlardan saqlanish yo`llarini ko`rsatuvchi keksalarning har bir pand-nasihati, o`git va hikmatli so`zlari biz yoshlar uchun katta maktabdir. Shu bois biz o`z buvajon va buvijonlarimizni e`zozlashimiz, ularning bebaho o`gitlariga amal qilishimiz lozim.

"Менинг бобом , бувим-махалламиз фахри"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
               Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
      Reja:
1. Keksalarni e’zozlash – xalqni e’zozlash.
2. Qarisi bor uyning parisi bordir.
3. Bobo va buvilarning bolalar tarbiyasidagi o’rni.
4. Bobom savlatim – buvim davlatim.
                                                                 Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
                                                                 Ajin tushsin yuzlariga dog’ tushsin.
                                                                 Har kimning ham quvvat ketib belidan,
                                                                 Qo’llariga aso bir tayoq tushsin.
                                                                                      ( Muhammad Yusuf )
          Keksalik gashtini surish har kimga ham nasib qilavermaydi. Keksalarni hurmat qilish, ularga g’amxo’rlik ko’rsatish jamiyatimizning o’ziga xos yuksak madaniy va ma’naviy belgisidir. Oilada ota-onaga g’amxo’rlik qilib, keksayganlarida ularga suyanch bo’lgan, har birini rozi qilgan kishi o’z farzandlariga ham ibrat ko’rsatadigan bo’ladi. 2015- yilning “ Keksalarni e’zozlash yili” deb nimlanishi yurtimizda nuroniy otaxon-u onaxonlarga hurmat e’tiborning yorqin ifodasidir. Zero, prezidentimiz ta’kidlaganidek: “ Har qanday jamiyat, yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak, yangilishmagan bo’lamiz. ”  Soddagina, o’zbekona aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Keksalarni e’zozlash biz farzandlarning burchimizdir. Shu o’rinda Zohidjon Olovning shu misralari yodimizga tushadi:
                        Siz duo qilsangiz bo’lgay ijobat,
                        Gullar izingizda fayz-u barokat.
                        O’zingiz – donishmand, so’zingiz hikmat
                        Davr keldi qandingiz uring, keksalar
                        Qarilik gashtini suring keksalar.
 
                        Dasturxonning to’ri yarashar sizga,
                        Choponlarninh zo’ri yarashar sizga
                        Yuzingizga yarashar ajin ham sizga
                        Choydan ho’plab suhbat quring, keksalar,
                        Qarilik gashtini surinh keksalar.
Keksa maslahat bersa, uzoqni ko’zlaydi, duosi orqali el-yurt tinchligi, mehr-muhabbati, dasturxon qut-barakasiyu, yoshlar kamolotini niyat qiladi. Dono xalqimiz bejizga: “Qarisi bor uyning parisi bor”,-deyishmagan. Chunki ular har qadamda bizga o’rnak bo’lib, ezgu ishlarga chorlaydi. Ular bilgan ma’lumotlarning  chek-chegarasi yo’q. Otaxon-u onaxonlarimiz uyimizni ziyoga to’ldiruvchi farishtalarimizdir. Ularning hayot yo’llari biz uchun katta maktab. “Qari bilganni pari bilmas” deganlaridek katta hayot yo’lini bosib o’tgan nuroniylar ko’rsatgan yo’l hamisha to’g’ri bo’lgan.
          Yoshi ulug’ keksalarning pand-nasihat, yo’l-yo’riqlaridan xabardor bo’lgan o’g’il-qizlar yanada faollashadi. Hayot tajribasiga ega bobo va buvilarimizning bolalar tarbiyasidagi o’rni beqiyosdir. Bolaligimni eslasam birinchi bo’lib, ko’z oldimga xokisor va kamtarin buvijonim gavdalanadi. Ilk bor ertaklarni ham, tez aytishlaru, topishmoqlarni ham buvijonimdan eshitganman. Qariyalar qadr topgan yurtda mehr-oqibat, qut-baraka, tinchlik-xotirlamlik barqaror bo’ladi. Darhaqiqat, qadr-topgan kishining qaddi baland, hayotga bo’lgan muhabbati, ertangi kunga ishonchi mustahkam bo’ladi. Jannatmakon yurtimiz O’zbekistonni nuroniylari qadr-topgan yurt desak mubolag’a bo’lmaydi.
        Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2002-yilni “Qariyalarni qadrlash yili”, 2015-yilni esa “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlanishi ham bejizga emas. Yoshi ulug’ kishilar e’tiborga, shirin so’zga chanqoq bo’ladilar. Shu bois mehrimizni, shirin so’zimizni ayamaylik. Erta tongda bobom va buvim qo’llarini duoga ochar ekan bugungi tinch va osuda kunimiz uchun shukrona aytadi, har bir xonadonga qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik tilaydi. Bobom tinchlik haqida gapirar ekan shunday deydi: “ Farovonlikni belgilovchi omillar ko’p, ammo hech biri tinchlikning o’rnini bosa olmaydi. Shukurki, bugun yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shahar va qishloqlarimiz farovonligi, ro’zg’orimiz to’kinligi ana shu tinchlikning sharafidandir”. Yana buvim va bobomlar “Doimo shirinso’z bo’lgin, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lgin, kishilar qalbiga shirinso’zlik bilan yo’l topib, iloji boricha kishilarga ezgulik ulash, ajdodlaring nomiga munosib farzand bo’lgin”-deydilar.
         Ezgulikni o’ziga shior deb bilgan, barchaga yaxshilik qo’lini cho’zgan, mehridaryo bobom va buvim Vatanimiz hur O’zbekistonda tinch, osuda yashamoqda. Ular bugungi kunimizning bunyodkoridir. Ularga qancha yaxshilik qilsak, shirin so’zlasak ham oz. Ularning hayot yo’li, pand-nasixatlari biz uchun katta maktab. Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan keksalarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ular uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Keksalar bor uyda fayz-u baraka arimaydi. Ular ertalabdan qo’llarini ochib duo qiladi. Shu kuni hursand bo’lib, ishlarimiz ham o’ngidan keladi. Xalqimiz bejizga: “ Oltin olma, duo ol”-deyishmagan. Duo oltindan qimmat.Keksalarimiz bizga faqat yaxshilik tilaydi, ezgu ishlarga yetaklaydi. Ularning so’zlariga kirib, yaxshi inson bo’lib yetishishimiz tayin.
          Zero, keksalar Vatanimiz faxri. Ularni e’zozlash, hurmat qilish bizning burchimiz. Ular doim yurt ardog’ida bo’lishadi. Keksalarimiz bilan faxrlansak arziydi. Ularga nafaqat keksalik, balki, yuzlaridagi ajin, oq soqoli ham yarashib turadi. Yuzlaridan doimo nur yog’ilib turadi. Men bobo va buvim bilan faxrlanaman. Ular mening shu darajaga yetishishimga katta yordam bermoqda. Men ularni hurmat qilaman.
 
 
    Men Aynura Tagabayeva Toshkent viloyati Chirchiq shahriga qarashli 8-kichik nohiyadagi 19-uy, 79-xonadonda turaman. №16-umumiy o’rta ta’lim maktabining
9 “A” sinf o’quvchisiman.
  Telefon raqamim: +998 94 921 86 99
                                +998 94 612 96 36
 
 
 
 
 
           Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri.
   Reja:
1. Qarisi bor uyning – parisi bor.
2. Keksalarimiz el ardog’ida.
3. Bobom, buvim bizning maslahatgo’yimiz.
4. Bobom va buvim bilan faxrlanaman.
                                                                         Ona yurt faxrisiz iftihorisiz,
                                                                     Navqiron vatanning ulug’vorisiz.
                                                                     Bu yorug’ kunlarning bunyodkorisiz.
                                                                     Zahmatlar huzurin ko’ring keksalar
                                                                     Qarilik gashtini suring keksalar.
                                                                                  (Zohidjon Olov)
          Xalqimiz aavvaldan-oq keksalarni e’zozlab kelishgan. Ularning insoniylik fazilatin juda ham hurmat qilishadi. Bugungi kunda yoshlarga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Masalan: har xil to’garaklar, sport majmualari, maktablar va hokazo. Bularning hammasiga bobo-momolarimizning hissasi juda katta. Agar mana shu bobolarimiz bo’lmaganida biz bularning hech qaysisiga erisha olmasdik. Shuning uchun ham donogo’y xalqimiz “Qarisi bor uyning – parisi bor” deb bejiz aytmagan. Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ko’rsatish borasida bizning xalqimiz mehr-oqibatli. Bobo, buvilarimiz oilamizning oq farishtalari. Mehri daryo kabi bu oq farishtalar o’zini emas, bolasini, nevarasini o’ylab, ularga oq duosini beradi. Mana shu bobo-momolarimiznin, ota-onalarimizning duosi ortidan biz ko’pgina yutuqlarga erishdik. Bobo-momolarimiz, ota-onalarimiz har doim sog’lom bo’lsin.
         Keksalar hamisha el ardog’ida. 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb belgilandi. Keksalarning hayot tarzini to’g’irlash, ularga moliyaviy va ma’naviy jihatdan yordam berish, yoshi ulug’ ya’ni 1941-1945 yillari urush qatnashchilariga har tomonlama ko’mak ko’rsatish, bepul davolash bu yilning eng dolzarb ishidir. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2014-yil 12-dekabrda 4393-qarori bo’yicha “Keksalarga hamma sharoitlar yaratib berilsin” deb e’lon qildi.
         Bobom va buvim bizning maslahatgo’yimiz. Bobom va buvim bizlarga ko’p rivoyatlar aytib berib, nasixat qiladi. Bobobning yoshi 77 da bo’lsa ham ular sog’lom va tetik. Bobom bahor faslida mevalarga ko’chat o’tqizishni, daraxt novdalarini kesishni o’rgatadi. Mahallamizda bobomni hamma hurmat qiladi. Buvim esa juda pazanda. Bizga o’zining pazandalik sirlarini o’rgatadi. Ko’p-ko’p aytib berishadi. Bobom va buvim bizlardan hech qachon o’zining maslahatlarini ayashmagan. Bobom va buvimning 10 ta nevarasi, 5 ta chevarasi bor. Bobom va buvim mehnat sevar. Rivoyat qilishlaricha qadim zamonda chol va kampir bo’lib ularning birgina nevarasi bo’libdi. Nevarasining ismi  Qorako’z ekan. Qorako’z buvisi bilan sirdosh ekan. U bobosi va momosini juda yaxshi ko’rarkan. Buvisi Qorako’zga qiziqarli ertaklar, hazil-omuz hangomalar aytib berardi. Buvisi va bobosi ancha qarib qolgan edi. Kunlardan bir kuni buvisi qattiq kasal bo’lib qolibdi. Qorako’z buvisining yonida 3 kunu 3 kecha o’tirib chiqibdi. 4- kun esa uyining yonidagi dalaga borib baqirib yig’lab xudodan so’rabdi: “ey xudo buvim kasal bo’lmasin, joni og’rimasin, o’zing shifo ber”, — debdi. Shu so’zlarni aytib bo’lganidan so’ng shu dalada yig’lab-yig’lab uxlab qolibdi.Bir payt o’rnidan turib,uyiga boribdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki bobosi,buvisi va ota-onasi choy ichib kulishib o’tirgan ekan.Buni ko’rgan Qorako’z suyunib ketibdi va ichidan: “ Rahmat senga Xudo.”
         Men bobo-buvimdan,ota-onamdan juda faxrlanaman va mening eng katta yutug’im deb bilaman.Ularning mehri daryo kabi.Men ularni hurmat qilaman va e’zozlayman.
 
 
        Men Dinara Jarilkapova Toshkent viloyati Chirchiq shahriga qarashli 8-kichik nohiyadagi 11-uyda,12-xonadonda turaman.№16-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9 “A” sinf o’quvchisiman
Telefon raqamim: +998 93 188 01 97
                             +998 90 980 94 96